Samarqandda ötayotgan Butunjahon şaxmat olimpiadasining 4-tur bahslari yakunlandi.
Erkaklar örtasida Özbekistonning asosiy terma jamoasi Turkiyani 2,5:1,5 hisobida mağlub etdi. Nodirbek Yoqubboyev öz taxtasida ğalaba qozongan bölsa, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Şamsiddin Vohidov durang qayd etdi.
Musobaqa favoriti sanalayotgan AQŞ terma jamoasi Ukrainani 3,5:0,5 hisobida yengdi. Hindiston esa Ispaniyani 3:1 hisobida mağlub etdi.
Xitoy terma jamoasi Serbiyani 3:1 hisobida mağlub etib, musobaqa peşqadami bölib oldi. Özbekiston terma jamoasi 2-öringa kötarildi.
Özbekiston-2 terma jamoasi Yangi Zelandiyani 2,5:1,5 hisobida yengdi. Özbekiston-3 terma jamoasi Yaman ustidan 3,5:0,5 hisobida yirik ğalabaga erişdi.

Ayollar turnirida Özbekistonning asosiy terma jamoasi Argentinani 3:1 hisobida mağlub etdi. Gulruxbegim Tohirjonova va Umida Omonova ğalaba qozondi, Afruza Hamdamova hamda Guldona Karimova durang öynadi. Bu ğalabadan keyin Özbekiston terma jamoasi AQŞ va Polşadan keyin 3-öringa kötarildi.
Özbekiston-2 terma jamoasi Qirğizistonga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Özbekiston-3 terma jamoasi Kubaga 1,5:2,5 hisobida yutqazdi.

5-tur öyinlari 20-sentabr kuni ötkaziladi.
46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi Samarqandda 27-sentabrgaça davom etadi.









