Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi yangi «Bitiruvçilar sifati indeksi» (BSI) tahlilini eʼlon qildi. Unda 2025-yil 1-iyuldan 2026-yil 30-iyungaça bölgan davrdagi maʼlumotlar olingan. Tahlil 170 ta oliy taʼlim taşkilotini bitirgan 249,4 ming nafardan ziyod yoşning bandligi, işga joylaşiş tezligi, daromadi va işdagi barqarorligini hisoblagan.

Umumiy hisobda 170 ta OTM bitiruvçilarining 83 foizi iş bilan taʼminlangan. Ijtimoiy fanlar bitiruvçilarida 84 foiz, ijodiy-sport yönalişlarida 83 foiz va amaliy fanlarda 82 foiz bitiruvçi işga kirgan. Eng past natija tibbiyot yönalişida qayd etilgan, bitiruvçilarning 75 foizi işlamoqda. Demak, har tört nafar tibbiyot bitiruvçisidan biri işga kira olmagan.

Bitiruvçilar orasida işga joylaşişda qizlar uluşi köproq - 85,1 foiz, yigitlar uluşi 80,4 foiz bölgan. Ammo maoşlar masalasida yigitlarda köproq: örtaça iş haqi 6 mln söm, qizlarda pastroq - 3,9 mln söm ekani aniqlangan. Umumiy bitiruvçilar böyiça örtaça maoş 4,9 mln sömni taşkil etgan.

Umumiy hisobda bitiruvçilarning birinçi işiga joylaşişi uçun örtaça 2 oy 27 kun ketgan. Indeksning umumiy körsatkiçi 100 ballik tizimda 53,4 ball bölgan.

Hududlar kesimida eng yuqori BSI Navoiy viloyatida - 62,5 ball. Surxondaryoda 62,1, Toşkent şahrida 59,9 ball qayd etilgan. Qoraqalpoğistonda esa bu körsatkiç 49,4 ballni taşkil qilgan.