Samarqandda ötayotgan Butunjahon şaxmat olimpiadasining 5-tur bahslari yakunlandi.
Erkaklar örtasida Özbekistonning asosiy terma jamoasi Vengriyaga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Şamsiddin Vohidov raqiblari ustidan ğalaba qozonişdi.
Özbekiston-2 terma jamoasi Filippinni 2,5:1,5 hisobida yengdi. Özbekiston-3 terma jamoasi Avstriya bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo çekdi.
Ayollar turnirida Özbekistonning asosiy terma jamoasi AQŞ bilan 2:2 hisobida durang öynadi.
Özbekiston-2 terma jamoasi Tunis ustidan 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Özbekiston-3 terma jamoasi Madagaskarni 3,5:0,5 hisobida yengdi.
6-tur öyinlari 21-sentabr kuni ötkaziladi.
46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi Samarqandda 27-sentabrgaça davom etadi.









