Samarqandda ötayotgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasining 8-turida Özbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi kutilmaganda Germaniyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Erkaklar
Germaniya - Özbekiston - 2,5:1,5
Vinsent Kaymer - Nodirbek Abdusattorov - 0,5:0,5
Mattias Blyubaum - Javohir Sindarov - 0:1
Frederik Svane - Nodirbek Yoqubboyev - 1:0
Rasmus Svane - Şamsiddin Vohidov - 1:0
Javohir Sindarov Germaniyaga qarşi bahsda Özbekiston tarkibida ğalaba qozongan yagona şaxmatçi böldi. Nodirbek Abdusattorov birinçi taxtada Vinsent Kaymer bilan durang öynadi.
Bu natijadan keyin Germaniya şaxmatçilari 14 oçko töplab, Özbekiston şaxmatçilariga yetib oldi. Ammo qöşimça körsatkiçlarga köra özbekistonliklar peşqadamlikni saqlab qoldi.
Özbekistonning qolgan erkaklar jamoalari quyidagi natijalarni qayd etdi:
Angliya - Özbekiston-2 - 1,5:2,5
Özbekiston-3 - Şveysariya - 1:3

Özbekiston ayollar terma jamoasi Niderlandiyani mağlub etdi va 6-öringa kötarildi.
Niderlandiya - Özbekiston - 1:3
Elin Rubers - Afruza Hamdamova - 0:1
Pen Çjaotsin - Umida Omonova - 1:0
Maxteld van Forest - Nilufarxon Imomqöziyeva - 0:1
Anna-Maya Kazaryan - Guldona Karimova - 0:1
Kuba - Özbekiston-2 - 3:1
Yamayka - Özbekiston-3 - 1:3
Samarqanddagi olimpiada bahslari yana 3 kun davom etadi.










