Iş 1985-yil 27-fevralda boşlangan. Politsiya boşliğining xolasi, 57 yoşli Yeva Olesen Provo şahridagi uyida qotillik alomatlari bilan topildi. Ayol vahşiyona tarzda öldirilgan, uning uyi ostin-ustun qilib taşlangandi.
Tergov 29 yoşli Duglas Karterga borib taqaldi. Hibsga olingandan söng, u qotillikni tan oliş töğrisidagi körsatmani imzolagan, biroq keyinçalik bu iqrorlik bosim ostida bölganini daʼvo qilgan.
Şu bilan birga, Karterni jinoyat joyi bilan bevosita boğlaydigan aşyoviy dalillar topilmagan. Ayblov asosan uning iqroriga hamda er-xotin Epifanio va Lusiya Tovar körsatmalariga asoslangan edi. Ular Karter qotillik haqida sözlab berganini taʼkidlaşgan.
1985-yilda Karter aybdor deb topilib, ölim jazosiga hukm qilindi.
Biroq oradan yillar ötib, er-xotin Tovarlar avvalgi körsatmalaridan voz keçdi. Ular qasam içib, politsiya ularga bosim ötkazib, Karterga qarşi yolğon körsatma berişga majburlaganini aytişdi. Keyingi sud jarayonlari materiallarida ham politsiya tomonidan guvohlarga moliyaviy yordam körsatilgani haqida maʼlumotlar paydo böldi.
2022-yilda sud Karterning ayblov va ölim hukmlarini bekor qildi. 2025-yilda Yuta ştati Oliy sudi bu qarorni öz kuçida qoldirdi. Sud tergov tomonidan asosiy guvohlar bilan muomala qiliş va himoyaçilarga maʼlumotlarni oşkor qilmaslik bilan boğliq köplab qoidabuzarliklarga eʼtibor qaratdi. Karterga nisbatan yangi sud jarayoni belgilandi.
Ammo 2026-yil sentyab oyida yana bir muhim voqea yuz berdi.
Prokuratura takroriy DNK tekşiruvi natijalarini oldi. Uşbu natijalar Karterni marhum ayolning uyidagi eşik tutqiçidan topilgan qon manbai sifatida istisno qildi. Şuningdek, uning Yeva Olesenga zarba berilgan piçoq dastasidan topilgan genetik materialning manbasi emasligi maʼlum böldi.
Şundan söng, prokuratura yana ölim jazosini söraş niyatidan voz keçdi va Karterni jinoiy javobgarlikka tortiş masalasini qayta körib çiqiş zarurligini maʼlum qildi.
28-sentabr kuni sudya unga taxminan 41 yillik qamoqdan söng garov evaziga ozodlikka çiqişga ruxsat berdi. Yangi sud jarayoniga qadar Karter GPS–treker taqib yurişi va marhum ayolning qarindoşlari bilan muloqot qilmasligi şart. Yangi sud jarayoni 2027-yil 26-iyulga belgilangan.
Muhimi şundaki, Karter hali aybsiz deb topilmagan. Tekşirilgan buyumlarda DNK namunalari yöqligi uning jinoyat joyida bölmaganligini isbotlamaydi. Yeva Olesenning oilasi ham uni bu işga aloqador deb hisoblaşda davom etmoqda. Uning aybdorligi haqidagi yakuniy huquqiy masala oçiq qolyapti.
Biroq, Karter işi ölim jazosi haqidagi munozaralardagi prinsipial argumentlardan birini - sud xatosi yuz berganda uning ortga qaytarib bölmasligini yaqqol namoyon etadi.
1985-yilda Karterga qarşi dalillar nafaqat uni ozodlikdan mahrum qiliş, balki uni hayotdan mahrum qiliş uçun ham yetarli deb topilgan. 40 yildan ortiq vaqt ötgaç, vaziyat butunlay boşqaça körinişga ega: asosiy guvohlar öz körsatmalaridan voz keçib, politsiya bosimiga uçraganliklarini aytişdi, avvalgi hukm qoidabuzarliklar tufayli bekor qilindi va zamonaviy ekspertiza mahkumni muhim aşyoviy dalillardagi DNK manbai sifatida rad etdi.
Bu Karterning aybsizligini avtomatik ravişda isbotlamaydi. Ammo notöğri çiqarilgan ölim hukmini faqat qoğozdagina qayta körib çiqiş mumkin - qatl etilganni hayotga qaytarişning iloji yöq. Agar Duglas Karterning hukmi ijro etilganida, 2026-yilgi DNK natijalari uning uçun mavjud bölmasdi.












