DW xabariga köra, uçraşuv 29-sentabr kuni Vaşingtondagi Oq uyda bölib ötgan. Unda Google, Anthropic, Meta, OpenAI, Nvidia hamda Ilon Maskka tegişli xAI kompaniyalari rahbarlari iştirok etgan. Manbada qayd etilişiça, xAI yil boşida Maskning kosmik kompaniyasi - SpaceX bilan birlaşgan.

Muzokaralar yakunida sunʼiy intellekt rivoji ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça qöşma kelişuv imzolangan. Tramp hujjatni özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida eʼlon qilgan.

Kelişuvga muvofiq, har bir kompaniya öz sunʼiy intellekt modellarining imkoniyatlarini kuzatiş va xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tekşiriş uçun «işonçli içki mexanizmlar» yaratişi kerak. Bunday nazorat modellarni öqitiş va amaliyotga joriy etiş bosqiçlarini qamrab olişi nazarda tutilgan.

Asosiy eʼtibor kiberxavfsizlik, biologik va kimyoviy xavfsizlik bilan boğliq yönalişlarga qaratiladi. Tekşiruvlar davomida aniqlangan xavf va muammolar bartaraf etilişi lozim.

Şuningdek, IT-kompaniyalardan mustaqil auditorlar bilan hamkorlik qiliş hamda sunʼiy intellekt tizimlari xavfsizligini oşirişga xizmat qiluvçi standart va usullarni işlab çiqiş böyiça qöşma uçraşuvlarda muntazam qatnaşiş kutilmoqda.

Tramp kelişuv «maʼnaviy kuçga» ega ekanini, ammo uning bajarilişini sud tartibida majburan taʼminlaş mumkin emasligini aytgan. Şu bilan birga, hujjatda vaqt ötişi bilan mazkur çoralarni qonunlar yoki meyoriy hujjatlarda mustahkamlaş zarurati paydo bölişi mumkinligi qayd etilgan.

Tramp sunʼiy intellekt rivojini qöllab-quvvatlamoqda

AQŞ prezidenti 19-sentabr kuni sunʼiy intellekt masalalari bilan şuğullanadigan maxsus tuzilma - «sunʼiy intellekt kuçlari» yaqin orada taşkil etilişini eʼlon qilgan edi.

Tramp uşbu texnologiya rivojiga tösqinlik qiliş niyatida emasligini bildirib, uning joriy etilişini «navbatdagi sanoat inqilobi» deb atagan. Oq uy rahbari AQŞ sunʼiy intellekt sohasida Xitoydan ustunligini saqlab qolişini xohlaşini ham taʼkidlagan.

Kompaniyalar rahbarlari nimadan xavotirda?

Ayni paytda, sentabr oyi örtalarida Claude, ChatGPT va Gemini tizimlarini işlab çiqqan Anthropic, OpenAI va Google kompaniyalari rahbarlari sunʼiy intellekt rivojlaniş surʼatlarini sekinlaştirişni taklif qilgan.