Taqqoslaşda davlatlarning soliq tuşumlari iqtisodiyot hajmiga - yalpi içki mahsulotga nisbatan hisoblangan. Bu raqamlar fuqaro yoki korxona öz daromadining aynan şunça qismini soliqqa tölaydi, degani emas.
Keltirilgan maʼlumotlarga köra, körsatkiçlar quyidagiça:
Daniya - YaIMning 45,3 foizi;
Kanada va Avstraliya - qariyb 29 foizdan;
AQŞ - 19,5 foiz;
Rossiya - 19,2 foiz;
Qatar, Bahrayn va Ummon - 5 foizdan kam;
Kuvayt - 1,4 foiz.

Bunday farqlar soliq tizimlari, iqtisodiy rivojlaniş darajasi va davlatning boşqa daromad manbalari bilan boğliq.
Skandinaviya mamlakatlarida soliq bazasi odatda keng bölib, tuşumlar yirik davlat dasturlarini moliyalaştirişga xizmat qiladi. AQŞda esa soğliqni saqlaş va pensiya taʼminoti kabi sohalarda xususiy xarajatlarning örni kattaroq.
Neftga boy davlatlarda boşqa daromad manbai bor
Kuvayt, Qatar, Bahrayn va Ummon kabi mamlakatlarda soliq tuşumlarining YaIMdagi uluşi nisbatan past.
Yirik neft işlab çiqaruvçilar uçun tabiiy resurslar davlat daromadlarining muqobil manbai hisoblanadi. Şu bois soliq tuşumlarining pastligi byudjetning jami daromadi ham kam ekanini anglatmaydi.
Kam tuşumning sababi hamma joyda bir xil emas
Daromadi past mamlakatlarda esa soliq tuşumlarining kamligi boşqa omillar bilan izohlanişi mumkin. Jumladan, norasmiy iqtisodiyotning kattaligi va davlatning soliq yiğiş imkoniyatlari çeklangani bunga taʼsir qiladi.

















