Jizzaxdagi qişloqdan Yaleʼgaça: qanday qilib hujjat topşirdim va qabul qilindim?
|14:43 / 07.10.20262 90912 min
Men Xosilmurod Abduxoliqov, Jizzaxda tuğilib ösganman. 14 yoşimgaça uyimizda internet bölmagan, Yel haqida 10-sinfda birinçi marta eşitganman. 2022-yilda maktabni tugatib, AQŞdagi bir neçta universitetga topşirdim va rad etildim. Bir yil tanaffusdan söng faqat Yelga topşirdim va 2023-yil dekabrida qabul qilindim. Hozir Yelda Computer Science yönalişida öqiyman.
Bugun Yelda tahsil olar ekanman, aytmoqçimanki - Yelga kirişim möʼjiza yoki tasodif emas. Uçta omil - akademik natijalar, maktabdan taşqari faoliyat va esselar ustida jiddiy işlagan har qanday nomzod universitetga kiriş imkoniyatiga ega. Hozir esa Yelgaça bölgan yölni mening tajribam bilan bosib ötamiz.
Kun.uz
Yelga topşiriş uçun nimalar kerak?
Yelga bakalavriat uçun ariza topşirişda nomzod, avvalo, arizani “Common Application”, “Coalition Application on SCOIR” yoki QuestBridge platformalaridan biri orqali yuboradi. Bir admission cycle’da faqat bittasidan foydalaniş mumkin.
. Yuqori baholar bölişi muhim - lekin deyarli hamma kandidatlar aʼloçi. Şu sababli öquvçilarning baholari orasidagi saviya farqini aniqlaş uçun universitet nomzodlarning maktabida öqigan kurslari murakkabligiga qaraydi. Öquvçi öz maktabidagi eng murakkab kurslardan qançalik foydalangani va şu fanlarda qanday natija qayd etganini inobatga oladi.
Men ham maktabdagi öqişimga jiddiy eʼtibor qaratganman. Lekin Özbekistondagi öquvçi sifatida mening holatimda yana bir muammo bor edi: çeklangan imkoniyatlar. Jizzaxdagi qişloqda, internetsiz ösganim uçun xalqaro universitetlar, kurslar va olimpiadalar haqida tengdoşlarimdan keçroq bilib oldim.
Yel nomzodlarni öz şaroitida baholaşini aytadi. Masalan, maktabingizda AP yoki IB bölmasa, ularni öqimaganingiz uçun jazolanmaysiz. Muhimi, mavjud imkoniyatlardan qanday foydalanganingiz. Şuning uçun "Maktabimda bunday narsa yöq" degan joyda töxtab qolmaslikni maslahat beraman. Men özim ham imkoniyatlarni maktabdan taşqarida izlay boşladim.
SAT yoki ACT: 1420 bilan rad etilib, 1500 bilan qaytdim
2022-yilda maktabni tugatganimda AQŞdagi bir neçta universitetga hujjat topşirdim. SAT’dan 1420 ball olgan edim. NYU, Amherst va Williams’dan rad javoblarini oldim. Keyingi yil SAT’ni yangilab, 1500 ball oldim. Umumiy hisobda, testni 4-marta topşirganman.
1500 atrofidagi natija Yel kabi juda kuçli universitetlarga topşirayotgan öquvçilar uçun foydali ustunlik beradi. Ammo, şuni yodda tutiş kerakki, SAT’ning özi yetarli emas. Şuning uçun men SAT’ni arizaning faqat bir qismi deb körib, menga boşqa kandidatlardan ustunlik beradigan jihatlarimga fokus qaratişga harakat qilganman.
Mening holatimda aynan extracurriculars (darsdan taşqari) faoliyatlarim va esselarim arizamni boşqalardan ajratib turgan, deb öylayman..
IELTS yoki TOEFL: men IELTS’ni bir marta topşirganman
Xalqaro talabalar uçun ingliz tilini biliş ham muhim. Agar öquvçi kamida ikki yil ingliz tilida dars beradigan maktabda öqimagan bölsa, Yel SAT yoki ACT’dan taşqari ingliz tili testini ham talab qiladi. IELTS, TOEFL, Cambridge, Duolingo English Test va boşqa variantlar qabul qilinadi.
Men IELTS’ni 16 yoşimda topşirib, 7.5 ball olganman. Keyin qayta topşirmadim. Yel hozir eng raqobatbardoş nomzodlarda IELTS’dan 7 yoki undan yuqori natijalarni körsatadi.
Lekin ingliz tilini faqat test uçun örganiş notöğri va yetarli emas. Yelda öqiş uçun murakkab matnlarni tuşuniş, yoziş va fikrni aniq ifodalay oliş kerak. Men uçun keyinçalik esse yoziş jarayonida ham aynan şu könikmalar juda muhim böldi.
Common Application yoki Coalition Application orqali topşirasiz
Yelning öz ariza topşiriş formasi yöq. Buning örniga ariza uçta saytdan biri orqali topşiriladi: Common Application, Coalition Application on SCOIR yoki QuestBridge. Common App va Coalition App köplab universitetlar foydalanadigan umumiy ariza saytlari bölib, Yel ularni mutlaqo bir xil köradi, şuning uçun özingizga qulayini tanlaşingiz mumkin. QuestBridge esa kam daromadli oilalardan çiqqan yuqori natijali öquvçilarga yordam beradigan nodavlat notijorat dastur bölib, uning öz jarayoni va Yel tomonidan beriladigan qisqaroq savollar töplami bor. Bir yilda uçtadan faqat bittasidan foydalaniş mumkin.
Single-Choice Early Action - 1-noyabr QuestBridge National College Match - 1-noyabr Regular Decision - 2-yanvar.
Men Early Action’ni Yel men uçun birinçi tanlov bölgani uçun tanlaganman. Lekin Early Action avtomatik ravişda qabul imkoniyatini oşiradi, deb öylamaslik kerak - Yel özining saralaş dasturlari orasida bunday ustunlik bermasligini aytadi.
Esselar - CV siğdira olmagan hikoyam
Meningça, arizamdagi eng kuçli qism esselar edi. Çunki aynan şu qism CV töliq körsatib bera olmaydigan omil - inson şaxsiyatini oçib beradi.
Men Yelga Computer Science va Philosophy yönalişlariga qiziqişimni körsatganman. Esselarimdan birida “consciousness” (onglilik) va “philosophical zombies” (falsafiy zombilar) kabi falsafiy tuşunçalar haqida yozdim. Bu mavzuni juda çuqur örgandim va taxminan ikki hafta davomida materiallar bilan intensiv işladim.
Esselarimning boşqa qismlarida esa qişloqdagi hayotim, Toşkentga köçişim, COVID davridagi tajribalarim va özim uçun imkoniyat yaratişga majbur bölganim haqida yozdim.
Bu yerda men uçun eng muhim narsa “men juda mehnatkaşman” deb yoziş emas edi. Masalan, “14 yoşimgaça uyimizda internet bölmagan” degan faktning özi hikoyaning faqat bir qismi. Muhimi, internet va imkoniyatlar çeklangan şaroitda keyinçalik özim uçun imkoniyatlarni izlay boşlaganim: xalqaro kurslarda qatnaşdim, loyihalar qildim, turli yönalişlarni mustaqil örgandim.
Yel ham esselarda aynan şaxsiy nuqtai nazar va öz ovozingizni körsatişni tavsiya qiladi. Universitetning 2026–27 qabul jarayonida esselardan biri 400 sözgaça bölib, nomzoddan qarama-qarşi fikrdagi inson bilan muhim mavzuni muhokama qilgan tajribasi, özi tegişli bölgan hamjamiyat yoki kelajakdagi universitetdagi muhitiga olib kiradigan şaxsiy tajribasi haqida yozişni söraydi.
Şuning uçun “Nega aynan Yel?” degan savolga Yelni maqtaş orqali javob berişdan köra, özingiz kimligingizni körsatiş muhimroq.
Maktabdan taşqari faoliyatlar: men yettitasiga eʼtibor qaratdim
Menimça, extracurricular faoliyatda asosiy savol “Neçta faoliyatim bor?” emas. Ularning boğliqligi, kölami, qiymati va tajribangizda nima örganganingiz.
Menda yettita asosiy faoliyat bor edi:
Study Buddy loyihasi. Sakkizta davlatdan taxminan 100 iştirokçini birlaştirdim. Maqsad maktablarda kam ötiladigan fanlarni birga örganiş edi.
Falsafa klubi. 2021–2022-yillarda taxminan 10 kişi bilan murakkab falsafiy matnlarni öqidik.
Harvard bilan boğliq AI va machine learning kursi. Grant asosida qatnaşdim.
Fotografiya. Ikki yil şuğullandim va uni oddiy hobby emas, biznes sifatida rivojlantirdim.
Dehqonçilik. Bu oilamizning asosiy daromad manbalaridan biri edi.
PDP’da software engineer. 15 yoşimda taʼlim platformasini işlab çiqişda qatnaşdim.
Savdo va ombor boşqaruv tizimi. 16 yoşimda Toşkentdagi zargarlik dökonlari tarmoği uçun inventar, savdo, daromad va buyurtmalarni boşqaradigan tizim yaratdim. Uni ikki filialda işga tuşirdik va mijozlar bilan özim işladim.
Şuning uçun men öquvçilarga 20 ta faoliyatni şunçaki röyxatga kiritişdan köra, bir neçta yönalişda real iş qilişni tavsiya qilgan bölardim.
Mening faoliyatlarim hammasi bir xil emas edi. Lekin ularning umumiy jihati - men ularda şunçaki qatnaşuvçi emas, real natijali biror narsa qiluvçi odam bölganman.
Tavsiyanomalar: sizni yaxşi biladigan öqituvçi muhim
Yelga bakalavriatga birinçi marta topşirayotgan nomzodlardan ikki nafar öqituvçining tavsiyanomasi hamda maktab maslahatçisi (counsellor) tavsiyanomasini talab qilinadi. Universitet öquvçini yaxşi biladigan va uning qobiliyatlari hamda rivojlanişini aniq misollar bilan yoritib bera oladigan öqituvçilarni tanlaşni tavsiya qiladi.
Bu mening hikoyamda ham muhim edi, çunki “recommendation letter” faqat “bu öquvçi yaxşi baho oladi” degan jumlalardan iborat bölmasligi kerak. Yelning özi ham eng foydali tavsiyanomalar öquvçining qanday fikrlaşi, qanday örganişi, maktab jamoasiga qanday hissa qöşişi va intellektual qiziqişini konkret misollar bilan körsata oladigan xatlar ekanini aytadi.
Şuning uçun tavsiyanoma olişni oxirgi haftaga qoldirmaslik kerak. Sizni yaxşi biladigan, darsdagi işingiz va xarakteringiz haqida konkret gapira oladigan öqituvçini tanlaş muhim.
Yel qimmat, lekin moliyaviy yordam bor
Yel qimmat, lekin xalqaro talabalar uçun moliyaviy yordam mavjud. Yelda öqişning yillik tuition tölovi 2026/27 uçun $72,000 bölsa, talabalar yotoqxona, ovqatlaniş, kitoblar, şaxsiy xarajatlar va boşqa tölovlar uçun yana taxminan $25,500 sarflaşlari mumkin. Natijada, safar xarajatlarisiz umumiy yillik xarajat qariyb $97,500 ni taşkil etadi.
Xarajat turi
2026–27
Öqiş tölovi (Tuition)
$72,500
Talabalar faoliyati uçun tölov
$185
Yotoqxona
$12,080
Ovqatlaniş
$9,520
Kitoblar va öquv materiallari
$1,000
Şaxsiy xarajatlar
$2,700
Taxminiy umumiy xarajat
$97,985
Yel xalqaro talabalarni ham oilaning moliyaviy imkoniyatidan qatʼi nazar saralaş jarayonida körib çiqadi va qabul qilingan talabalar uçun körsatilgan moliyaviy ehtiyojning 100 foizini “need-based” - moliyaviy ehtiyojdan kelib çiqadigan yordam orqali qoplaşini bildiradi. Bu yordam grant şaklida beriladi, kredit emas.
Men ham $400,000 yutib olib - töliq grant asosida Yelga qabul qilindim. Şuning uçun “Yel juda qimmat, demak topşira olmayman” degan xulosaga kelişdan oldin universitetning moliyaviy yordam siyosatini albatta örganiş kerak.
Imkoniyatni kutmang - uni özingiz yarating
Maktabni tugatganimda Yelga kira olmaganman. SAT’im 1420 edi. NYU, Amherst va Williams’dan rad javoblarini oldim. University of South Florida’ga grant bilan kirib, u yerda öqişga tayyorlandim.
Keyin bir döstim Yelga kirganini kördim. Şu voqea men uçun muhim böldi. Çunki Yel birdaniga “faqat Amerikadagi juda kuçli maktablarda öqiganlar kiradigan universitet” emas, balki men ham urinib körişim mumkin bölgan joyga aylandi.
Men bir yil tanaffus oldim. SAT’ni qayta topşirdim. Esselarim ustida işladim. Özim qilgan loyihalar va faoliyatlarimni qayta körib çiqdim. Va yana topşirdim.
Esselarim ustida mentor Valera Arakelyan bilan ham işladim. U avval Yelga qabul qilingan ikki özbekistonlik öquvçiga ham mentorlik qilgan edi. Şuning uçun men “Yelga özim yolğiz kirdim” demagan bölardim. Men kerakli paytda yordam va yönaliş izladim.
Meningça, mening arizamdagi eng muhim tuşunça - high agency, yaʼni mavjud imkoniyatlarni kutib ötirmasdan, özingiz uçun imkoniyat yaratiş edi. Dunyoni imkoniyatlari oldindan belgilab qöyilgan joy deb qabul qilmang. Köpçilik imkonsiz deb biladigan narsalar köpinça şunçaki heç kim jiddiy urinib körmagan narsalardir.
Yel haqida 10-sinfgaça bilmaganman. Lekin bilganimdan keyin harakatni boşlaganman va oxir-oqibat, 2023-yil dekabrida öşa universitetdan qabul xatini olganman.