Uzum Market 8-oktabr kuni çeklangan kiriş imkoniyatidan söng bosqiçma-bosqiç öz faoliyatini tiklaşni boşladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Ombor buyurtmalarni allaqaçon yiğmoqda va yaqin vaqt içida 8 va 9-oktabrdagi yuk xatlari böyiça tovarlarni qabul qilişni boşlaydi. Mamlakat böylab topşiriş punktlari odatdagidek işlamoqda: xaridorlar buyurtmani SMS`dagi raqamni yoki buyurtma kimning nomiga rasmiylaştirilgan bölsa, öşa şaxsning ismini aytib olişlari mumkin. Sotuvçilar esa bu xizmat mavjud bölgan punktlarda tovarlarni omborga yetkaziş uçun topşirişlari mumkin. Buyurtmalarni topşiriş punktlarida saqlaş muddatlari uzaytirildi. Sayt, ilova va sotuvçilarning şaxsiy kabineti işi tiklangani haqida qöşimça xabar beramiz», deyiladi xabarda.

Kompaniya platforma işiga taʼsir körsatgan texnik uzilişni yuqori mavsum oldidan yangi infratuzilmani sinovdan ötkaziş jarayoni bilan boğladi.

«Marketpleysning barça foydalanuvçilari va hamkorlarining maʼlumotlari işonçli himoyalangan: ular kiberxavfsizlik talablari hamda Özbekiston qonunçiligiga muvofiq saqlanadi va qayta işlanadi», - deya taʼkidlanadi kompaniya izohida.

«Platforma barqarorligi hamkorlarimiz faoliyatiga bevosita taʼsir qilişini tuşunamiz. Uzum Market franşiza asosida işlayotgan topşiriş punktlari egalariga olinmagan foydani qoplab beradi, sotuvçilar uçun esa logistika va tovarlarni saqlaş oktabr oxirigaça bepul böladi. Nosozlik tufayli buyurtmalarini ololmagan foydalanuvçilarimiz Uzum Market`dagi keyingi xaridlari uçun promokodlar oladi. Xaridorlar va sotuvçilardan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi xabarda.