Özbekisonda endi qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan rejalaştirilib, tayyor loyihalar oçiq tanlovga çiqariladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev yoqilği-energetika tarmoğidagi investorlar bilan oçiq muloqotda malum qildi.

Davlat rahbari ötgan yillarda energetika loyihalarini tayyorlaş va investorlar bilan işlaş böyiça katta tajriba töplanganini qayd etdi. Endi hamkorlikning yangi bosqiçiga ötiladi: har bir investitsiya yangi quvvat yaratiş bilan birga taʼminot işonçliligini oşirişi va yöqotişlarni kamaytirişi kerak.

2030-yilgaça 22 ming megavatt yangi quvvat yaratiş maqsad qilingan. Natijada elektr energiyasi işlab çiqarişning yillik hajmi 129 milliard kilovatt soatdan oşadi, qayta tiklanuvçi energiya uluşi 54 foizga yetadi.

Yaqinda imzolangan farmon bilan yoqilği-energetika sohasida davlat va biznesning vazifalari aniq ajratilgani qayd etildi. Yangi bosqiçda loyihalar oçiq raqobat, şaffof qoidalar va kelişilgan şartlarning izçil bajarilişi asosida amalga oşiriladi.

Ilk bosqiçda «yaşil» quvvatlarni tez yaratiş uçun loyihalar köpinça investorlar taklif qilgan hududlarda joylaştirildi. Bu köplab sarmoya jalb etiş imkonini berdi. Biroq ayrim joylarda quvvatlar töplanib, elektrni boşqa hududlarga yetkaziş xarajatlari oşdi.

«Bizga alohida-alohida elektr stansiyalari emas, uzviy boğlangan energetika tizimi kerak», – dedi prezident.

Endi qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan rejalaştirilib, tayyor loyihalar oçiq tanlovga çiqariladi.

Tanlovga qöyiladigan har bir loyiha böyiça yer maydoni, tarmoqqa ulaniş nuqtasi va muddati, elektrni xarid qiliş hamda tölov şartlari avvaldan eʼlon qilinadi. Barça investorlar uçun talablar teng böladi, tölov intizomi va xatarlarni kamaytiriş mexanizmlari mustahkamlanadi.

Yaqinda umumiy quvvati 2 ming 200 megavatt bölgan 6 ta quyoş va şamol stansiyasining loyihasi oçiq tanlovga çiqariladi. Davlat rahbari investorlarni ularda iştirok etişga taklif qildi.

Birinçi marta energetika sohasining 2050-yilgaça bölgan Milliy boş rejasi işlab çiqilib, oçiq eʼlon qilinadi. Kelgusi yil 1-martgaça tarmoqlarga ulaniş imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulga qadar töliq boş reja taqdim etiladi.