Çegirma oliş uçun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuboriş kerak. Ariza ikki iş kunida körib çiqiladi. Talabaning pedagog farzandi ekani tasdiqlangaç, çegirma avtomatik qöllanadi.

Imtiyoz faqat davlat oliy taʼlim taşkilotlarining kunduzgi taʼlim şaklida öqiyotgan talabalarga beriladi. Pedagogning bir neçta farzandi uşbu talablarga mos kelsa, ularning barçasi çegirmadan alohida foydalanişi mumkin.

Töliq bölmagan grant asosida, yaʼni xarajatlarning 50 foizi davlat granti, qolgan 50 foizi kontrakt hisobidan qoplanadigan tartibda öqiyotgan talabalarga ham imtiyoz tatbiq etiladi. Bunda 30 foizlik çegirma faqat kontrakt qismiga hisoblanadi.

Pedagogning davlat yoki xususiy taʼlim taşkilotida işlaşi imtiyozga tösqinlik qilmaydi. Xususiy oliygoh, maktab va boğçalardagi pedagoglarning farzandlari ham belgilangan şartlar asosida çegirma olişi mumkin. Boğça tarbiyaçilari ham imtiyoz qamroviga kiradi.

Taqdim etilgan tuşuntirişga köra, pedagoglar doirasi Adliya vazirligida 2026-yil 9-iyunda 3849-raqam bilan röyxatdan ötkazilgan pedagogik faoliyatga oid lavozimlar röyxati asosida belgilanadi. Unda 465 ta lavozim keltirilgan. Tyutorlar va öquv markazlari öqituvçilari mazkur imtiyoz qamroviga kirmaydi.

Çegirma quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

  • oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlarida öqiyotganlarga;

  • nodavlat oliygohlar, Özbekistondagi xorijiy oliygohlar va ularning filiallari talabalariga;

  • keçki, masofaviy va sirtqi taʼlim şakllariga;

  • qöşimça va tabaqalaştirilgan tölov-kontraktga;

  • xorijiy hamkor oliygohlar bilan qöşma taʼlim dasturlari va fakultetlarida öqiyotganlarga.

Imtiyoz har bir öquv yili uçun bir marta qöllanadi, keyingi yillarda ham undan qayta foydalaniş mumkin. Agar ota yoki ona pedagog toifasidan çiqarilsa, keyingi öquv yilidan çegirma beriş töxtatiladi.