Attestatsiyada pedagoglarning mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasi hamda pedagogik mahorati baholanadi.

Taqdim etilgan maʼlumotga köra, kuzgi attestatsiyada qatnaşiş uçun jami 302 ming 422 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 5,5 foizi navbatdagi majburiy, 94,5 foizi esa navbatdan taşqari attestatsiyada iştirok etiş uçun yuborilgan.

Murojaatlar örganib çiqilib, 240 mingdan ortiği - 79,4 foizi qabul qilingan.

Sinovda iştirok etişi belgilangan pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi şaxsiy kabinetlariga attestatsiya ötkaziladigan sana va manzil körsatilgan xabarnomalar yuborilgan.

Sinovlar uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi maxsus jihozlangan 13 ta markazda jami 2526 ta kompyuter tayyor holatga keltirilgan.

Pedagoglar attestatsiyaga tayyorgarlik köriş uçun sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni işlab körişlari mumkin.