Uzaytirilgan muddat bakalavriat va magistraturaga öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar, öqişi köçirilgan, köçirib tiklangan hamda öqişga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
Şuningdek, 2026-2027 öquv yilidan pedagog xodimlarning farzandlari uçun kontrakt summasining 30 foizini qoplab beriş tartibi joriy etilgani eslatildi.
Mazkur imtiyoz davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat bosqiçida kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlariga tatbiq etiladi.
Imtiyozdan foydalaniş uçun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuboriş kerak.












