Femistokl: duşmanning ustunligini zaiflikka aylantirgan sarkarda
Miloddan avvalgi 480-yilda Fors podşohi Kserks I Yunonistonga bostirib kirdi. Forslar Fermopil jangida ğalaba qozonib, janubga yurişni davom ettirdi va Afinani egallab, talon-toroj qildi.
Afinalik sarkarda va siyosatçi Femistokl duşmanga qulay şaroitda jang qiliş xavfliligini anglagan. Tarixçi Gerodotning hikoyasiga köra, u Kserksga yunonlar çekinişga tayyorlanayotgani haqida maxfiy xabar yuborgan.
Kserks yunon kemalarining yölini tösiş uçun flotini Salamin oroli yaqinidagi tor böğozlarga yönaltirgan. Femistokl esa aynan şuni kutgan: tor joyda forslarning köp sonli kemalari erkin harakatlana olmagan va bir-biriga xalaqit bergan.
Yunon floti hal qiluvçi ğalabaga erişgan. Dengizdagi mağlubiyatdan keyin quruqlik qöşinini taʼminlaş qiyinlaşişini tuşungan Kserks kuçlarining katta qismini olib çiqib ketgan. Qolgan fors qöşinlari keyingi yili Plateya jangida mağlub bölgan.
Brasid: şaharni vayron qilmay qölga kiritiş
Miloddan avvalgi 431-yilda boşlangan Peloponnes uruşida Afina va Sparta töqnaş keldi. Sparta quruqlikda kuçli bölsa, Afinaning floti dengiz orqali taʼminotni saqlaş va qöşinlarni turli yönalişlarga yuboriş imkonini berardi.
Spartalik sarkarda Brasid Afinaning taʼminot manbalariga zarba berişga harakat qildi. Miloddan avvalgi 424-yilda u qöşinini şimolga, Frakiya tomon boşlab bordi.
Uning eng muhim yutuqlaridan biri Amfipol şahrini Afina taʼsiridan çiqariş böldi. Brasid şaharni şturm qiliş örniga aholiga qulay şartlar taklif etib, uni Sparta tomoniga ötişga köndirgan. Şu tariqa uzoq qamal va katta vayronagarçiliksiz maqsadga erişilgan.
Afina strategik ahamiyatga ega şaharni qaytarişga uringan. Miloddan avvalgi 422-yildagi jangda Brasid halok bölgan, ammo afinaliklar Amfipol ustidan nazoratni tiklay olmagan.
Filipp II: Aleksandrga qudratli armiya qoldirgan podşoh
Miloddan avvalgi 359-yilda taxtga çiqqan Filipp II Makedoniyani kuçli davlatga aylantirdi. Uning eng muhim islohotlari armiyaga tegişli edi.
Filipp makedon falangasini takomillaştirib, uzun sarissa nayzalaridan foydalanişni kengaytirdi. Bunday nayzalar piyodalar safiga old tomondan hujum qilişni qiyinlaştirardi.









