DW xabariga köra, Kliçko hujum oqibatlari haqida Telegram-kanalida maʼlumot bergan.

Desnyanskiy tumanida dastlabki maʼlumotlarga köra, tibbiyot markazi binosiga zarba tekkan. Dneprovskiy tumanida noturar joy binosi, Solomenskiy tumanida esa 25 qavatli turar joyning birinçi qavati zarar körgan.

Dnepr daryosining çap sohilidagi metro stansiyalaridan biri ham şikastlangan. Merning bildirişiça, parçalar tuşişi oqibatida u yerda relslar uzilgan.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari 18-oktabr keçqurun Kiyev ballistik raketa bilan hujumga uçraganini xabar qilgan.