Samarqandda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio iştirokida ötgan C5+1 uçraşuvlarida ham kritik minerallar taʼminotini diversifikatsiya qiliş, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhim örin tutdi.

Özbekiston uçun bu muloqotlar mineral resurslarni çuqur qayta işlaş va mamlakatimizning xalqaro sanoat zanjirlaridagi iştirokini kengaytirişda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz volfram, molibden, litiy, grafit, germaniy kabi muhim mineral resurslarga hamda uşbu yönalişda 100 dan ortiq loyihani qamrab olgan portfelga ega.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlar uşbu salohiyatni yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga yönaltirişga qaratilgan. Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş, mahalliy qayta işlaş quvvatlarini kengaytiriş bu boradagi ustuvor vazifalardandir.

Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mazkur yönalişlarda xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan amaliy muzokaralar olib bormoqda. Xususan, AQŞning DFC korporatsiyasi bilan 4 milliard 200 million dollarlik investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.
Metallica Commodities kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1 milliard 27 million dollar bölgan 5 ta loyihani birgalikda amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilinmoqda. Vast Resources bilan esa 29 million 400 ming dollarlik 6 ta loyiha böyiça hamkorlik imkoniyatlari örganilmoqda.

Samarqanddagi C5+1 uçraşuvlari doirasida TMK 25 dan ortiq xorijiy kompaniya va taşkilot bilan hamkorlik masalalarini kun tartibiga kiritdi.
Uşbu uçraşuvlarda muhokama qilingan yönalişlardan biri sanoat çiqindilaridan qimmatli mineral va metallarni ajratib oliş böldi. Bu yondaşuv çiqindilar tarkibidagi foydali komponentlarni qaytadan iqtisodiy aylanmaga kiritişni nazarda tutadi.
TMK Metallica Commodities kompaniyasiga “Kelajak metallari texnoparki” hududida ana şunday texnologiya asosida qöşma loyiha taşkil etişni taklif qildi. Şuningdek, kompaniya texnologiyasini kombinatning işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaşda qöllaş imkoniyatlari körib çiqildi.
Amerika tomoni uşbu texnologiyani butun Markaziy Osiyo miqyosida qöllaş imkoniyatlariga qiziqiş bildirdi. Bunday loyihalar resurslardan samarali foydalaniş, qöşimça mahsulot işlab çiqariş va ekologik yuklamani kamaytirişga xizmat qilişi mumkin.

Özbekistonning maqsadi mineral xomaşyoni çuqur qayta işlaş orqali mamlakatda yaratiladigan qöşilgan qiymatni oşiriş, yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqarişni rivojlantiriş va tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirişdan iborat.
Samarqanddagi muzokaralar bu yönalişda investitsiyalar va ilğor texnologiyalarni jalb etiş, xalqaro sanoat hamkorligini aniq loyihalar asosida rivojlantiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun muhim maydon böldi.










