Toşkent, 20-oktabr - Beldersoy Resort & SPA World Luxury Awards 2026 - luxury-mehmonnavozlik industriyasidagi eng nufuzli mukofotlardan birida ğalaba qozondi. Laureatlarni har yili mehmonlar, sayyohlar va tarmoq professionallari xalqaro oçiq ovoz beriş yöli bilan tanlaydilar.
World Luxury Awards 2026 natijalariga köra, ğoliblik quyidagi yönalişlarda kölga kiritildi:
- Beldersoy Resort & SPA - Markaziy Osiyoda Best Luxury Resort nominatsiyasida ğolib deb topildi.
Kurort Destination by Hyatt brendining Markaziy Osiyodagi ilk obyekti böldi. Bu yerda Tyan-Şanning maftunkor tabiati hamda oilaviy va tanho dam oliş uçun puxta öylangan infratuzilma özaro uyğunlaşadi, servis darajasi esa Hyatt sifat standartiga javob beradi. Xonalar fondi toğ manzarasi yaqqol körinib turadigan 109 ta xona va 36 ta xususiy villani öz içiga oladi. Beldersoy Resort & SPA mehmonlarni yil böyi qabul qiladi. Qişda mehmonlar toğ-çanği trassasi va dor yöllaridan foydalansalar, yilning iliq fasllarida yayov yönalişlar xizmat körsatadi.

- re:Thalasso - Luxury Thalassotherapy Spa nominatsiyasida jahon miqyosidagi ğolib (Global Winner) deb topildi. Uşbu mukofot butun dunyo iştirokçilari orasida talassoterapiya spa-markazlari kategoriyasida eng yaxşisi sifatida eʼtirof etilganini anglatadi. Şuningdek, re:Thalasso Markaziy Osiyoda Luxury Resort Spa va Luxury Mountain Resort Spa nominatsiyalarida ham ğolib böldi.

Uç qavatli spa-majmua mintaqa uçun noyob bölgan, dengiz minerallari va suvötlari asosidagi talassoterapiya muolajalarini taklif etadi. Mehmonlarni toğlar qurşovidagi oçiq va yopiq basseynlar, anʼanaviy va rus hammomi, tana suv sathida çökmay turadigan Ölik dengiz effektiga ega floating-basseyn kutadi. Xos muolajalar sirasiga rassul – buğli kamerada şifobaxş loy bilan şarqona tozalaş marosimi va icoone – limfodrenaj va teri tonusi uçun apparatli massaj kiradi.

Beldersoy Resort & SPA mehmonlarga nafaqat yuqori darajadagi dam oliş, balki öziga xos gastronomik tajriba ham taqdim etadi. Kurortning oşxona konsepsiyasi Marriott, Ritz-Carlton va Four Seasons kabi nufuzli mehmonxona brendlarida işlagan tajribali xalqaro oşpazlar jamoasi tomonidan şakllantirilgan. Kurort hududida törtta restoran faoliyat yuritadi. Har biri alohida gastronomik yönaliş va öziga xos muhitga ega: Nafis xalqaro taomlarni, Soma Örta yer dengizi oşxonasi anʼanalarini, Fire and Ice esa steyklarga ixtisoslaşgan menyuni taklif etadi. Osmon restorani kanat yölining yuqori nuqtasida joylaşgan bölib, toğ manzaralari bağrida ovqatlaniş imkonini yaratadi.










