Bu takliflar Oliy taʼlim taşkilotlarining milliy reytingini yuritiş töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş loyihasida keltirilgan. Hujjat qabul qilinsa, nizom nomi ham milliy reytingni yuritiş va rağbatlantiriş tartibini qamrab oladigan şaklda özgaradi.
Milliy reytingni yuritiş Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi tomonidan amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Loyihaga muvofiq, har bir toifa doirasidagi oliy taʼlim taşkilotlari reyting natijalari asosida quyidagiça ajratiladi:
- yuqori natija körsatgan 20 foizi - birinçi darajaga;
- keyingi 40 foizi - ikkinçi darajaga;
- qolgan 40 foizi - uçinçi darajaga.
Moliyaviy rağbatlantirişda davlat OTMning moliyalaştiriş usuli hisobga olinadi. Moliyaviy mustaqillik berilgan OTM uçun rağbat davlat granti asosida öqiyotgan bir nafar talabani moliyalaştiriş miqdoriga nisbatan qöllanadi.
Anʼanaviy tartibda moliyalaştiriladigan davlat OTMda esa hisob-kitob xarajatlarni qoplaş uçun ajratilgan davlat byudjeti mablağlariga nisbatan amalga oşiriladi. Taqdim etilgan loyiha matnida har bir daraja uçun rağbatlantirişning aniq foizi yoki summasi körsatilmagan.
Reytingning yakuniy natijalari eʼlon qilingaç, Taʼlim va ilm-fan vazirligi rağbat mablağlarini ön beş iş kuni içida tegişli OTMning şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga ötkazişi nazarda tutilgan. Bu mablağlardan qanday foydalaniş böyiça qarorni oliy taʼlim taşkilotining özi qabul qiladi.
Loyihada reytingga kiritiladigan OTMga qöyiladigan talab ham aniqlaştirilmoqda. Taşkiliy-huquqiy şaklidan qatʼi nazar, taşkil etilganiga uç yil tölgan va bakalavr bitiruvçilari mavjud oliy taʼlim taşkilotlari baholanadi. Oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim muassasalari bundan mustasno.
THE, QS va ARWU xalqaro reytinglarining umumiy «Top-1000» röyxatidan Özbekiston nomidan örin olgan OTM uçun milliy reyting alohida yuritilişi mumkin. Bu qoida sohalar böyiça tuziladigan xalqaro reytinglarga tatbiq etilmaydi.
OTM hisobot yiliga oid maʼlumotlarni keyingi yilning 1-iyuniga qadar maxsus platformaga kiritişi taklif qilinmoqda. Xalqaro obröni baholaşda esa xorijiy hamkor universitetlar va ilmiy taşkilotlarning 200 nafargaça xodimini jalb etiş nazarda tutilgan.
Baholaş indikatorlarida bitiruvçilar sifatiga ham eʼtibor qaratilgan. «Bitiruvçi sifati indeksi» uçun amaliy va tibbiyot fanlari toifalarida 20 balldan, ijtimoiy-gumanitar fanlarda 25 ball, ijod va sport yönalişlarida esa 40 ball belgilanişi taklif etilmoqda.
Şuningdek, iş beruvçilar orasida bitiruvçilarning nufuzi hamda taʼlim va boşqaruvning raqamlaştirilganlik darajasi umummilliy sörovnoma natijalari asosida baholanadi.
2027-yildan professor-öqituvçilar sonini hisoblaşda ularning jami iş stavkalari yiğindisidan foydalaniş közda tutilgan.
Mazkur tartiblar hozirça loyiha şaklida bölib, ularni amaldagi qoidalar sifatida talqin qilib bölmaydi.












