Uçtepa tumanida joylaşgan köp qavatli uylardan biridagi xonadonda yonğin sodir böldi. Toşkent şahar FVBB hodisa yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, 24-oktabr kuni soat 1:33da şahar FVBBga Uçtepa tumani Yusuf Sakkokiy köçasida joylaşgan turar joy majmuasidagi xonadonlardan birida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Yonğin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yonğin soat 1:52 da bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida xonadonning uy jihozlari zararlangan. Hodisa joyida bir kişining jasadi aniqlangan.
Holat yuzasidan tegişli organlar tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda hodisa sabablari va boşqa tafsilotlarni aniqlaş böyiça tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















