5-noyabr kuni Toşkentning Uçtepa tumanidagi beş qavatli uyning uçinçi qavatidagi xonadonda gaz-havo aralaşmasi portlaşi sodir bölib, bir kişi jarohatlandi.
Toşkent şahar FVBB matbuot xizmati maʼlum qilişiça, soat 10:00 da Çilonzor-23 dahasida joylaşgan köp qavatli uy xonadonlaridan birida «gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi» haqida xabar kelib tuşgan. Qutqaruv bölinmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.
Hodisa oqibatida bir kişi tan jarohati olgan va tibbiy yordam körsatiş uçun şifoxonaga yotqizilgan. Halok bölganlar yöq.
Hodisa oqibatida qöşni xonadonning eşik va derazalari qisman zararlangan.

Hozirda hodisa kelib çiqiş sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.












