Voqea sodir bölganidan söng hudud örab olinib, tegişli xizmatlar hodisa joyida iş olib borgan. Poytaxt FVB voqea sabablari örganilayotganini maʼlum qildi.

Kun.uz muxbiri tafsilotlarni örganiş maqsadida hududga borganida, yaqinroqdan tasvirga olişiga ruxsat berilmadi.

Hududdagi masʼullardan biri jurnalistlarga matbuot xizmati vakillari kelişini kutiş kerakligini va barça izohni ular berişini aytdi.

Uçtepa tumani hokimining matbuot kotibi esa hodisa joyida tasvirga olişga ruxsat berilmaganini aytdi:

“Hamma çiqargan narsasini sizlar ham çiqaringlar. Keyin bundan [batafsil yoritişdan] nima manfaat topasizlar? Şundoq mana şu yerda, çetroqda turib, [tasvirga] olib ketinglar. Hozir [izoh berişga] mahallaning ham vaqti yöq, hammasi yettilik yiğilişiga ketişgan», - dedi u.

Guvohlardan biri portlaşdan keyin yordamga şoşilganini hikoya qildi:

“Bu yerda ötirgan edik, “pong” etdi-da, yonib ketdi. Içida odam bölişi kerak, odam bölmasa unday bölmaydi, deb öyladik. Keyin lom bilan kuvaldani olib borib, eşiklarni buzişni boşladik. Içida odam bölsa, yordam beriş kerak edi”.

Uy sardori aholini maişiy jihozlarni tekşiriş va işlatib bölgandan keyin öçirişga odatlanişga çaqirdi:

“Aholini barça maişiy jihozlarni tekşirişga va ularni öçirib qöyiş kerakligi haqida ogohlantiramiz. Men ham uy boşqaruvçisi sifatida doim tekşirib turişni, yoşi kattalardan xabar olişni aytaman. Şunday fuqarolar ham borki, ularning turmuş tarzi yaxşi emas, içimlik içişadi yoki biror jihozni öçirmay qoldirişlari mumkin. Oqibatda şunday fojialar yuz beradi. Yaxşiyamki, heç kim halok bölmadi”.

Jarohatlangan şaxs 60 yoşda bölib, tanasining 35 foizi kuygani aytilmoqda.

Bu kabi hodisalar gaz xavfsizligi talablariga rioya etiş va profilaktik nazorat masalalariga jiddiy eʼtibor qaratiş zarurligini körsatadi. Şu bilan birga, voqeaning aniq kelib çiqiş sabablari hozirça oçiq qolmoqda.