Oy va Quyoş nafaqat okeanlarda suvning davriy kötarilişini, balki Yerda gravitatsion potensialning nihoyatda kiçik tebranişlarini ham keltirib çiqaradi. Şu sababli sayyoraning turli nuqtalarida vaqt biroz farqli tezlikda ötadi. Fiziklar optik tolali liniyalar orqali birlaştirilgan optik soatlar tarmoği yordamida bu davriy özgarişlarni ilk bor qayd etdi.

Oy va Quyoşning tortiş kuçi tufayli vaqtning ötişida yuz beradigan özgarişlarni qayd etiş uçun xalqaro fiziklar guruhi öta aniq optik soatlarni yagona ölçov tarmoğiga birlaştirdi. Guruh tarkibiga Yevropaning yetakçi ilmiy markazlari - Federal fizika-texnika instituti (Germaniya), Milliy fizika laboratoriyasi (Buyuk Britaniya), Lazer fizikasi laboratoriyasi (Fransiya) va Milliy metrologik tadqiqotlar instituti (Italiya) olimlari kirdi.

Qurilmalar taxminan 800 kilometr uzunlikdagi maxsus optik tolali aloqa liniyalari orqali özaro boğlandi. Tajribalar davomida olimlar stronsiy va itterbiy atomlari asosida işlovçi statsionar laboratoriya optik soatlaridan ham, innovatsion köçma optik soatlardan ham foydalandi.

Optik soatlar bilan ötkazilgan avvalgi tajribalar asosan turli nuqtalar örtasidagi gravitatsiyaning statik, yaʼni vaqt davomida özgarmaydigan farqlarini ölçaşga qaratilgan edi. Endi esa olimlar bu körsatkiçlarning davriy ravişda qanday özgarişini ilk bor qayd etişga muvaffaq böldi. Tajribaning batafsil tavsifi arXiv platformasida eʼlon qilindi.

Oy va Quyoşning tortiş kuçi gravitatsion potensialda obyektlar balandligining 10 santimetrga özgarişiga teng keladigan tebranişlarni yuzaga keltiradi. Bu körsatkiç bir-biridan taxminan 800 kilometr masofada joylaşgan ikki stansiyaga tegişli. Yevropadagi yangi optik soatlar tarmoği bunday tebranişlarni bir sutkadan kam davom etadigan ölçovlar orqali aniqlaş imkonini beradi. Olingan natijalar nazariy hisob-kitoblarga yaxşi mos keladi.

Optik soatlarning nihoyatda yuqori aniqligi vaqtni ölçaşga yangi talablar qöymoqda. Bir-biridan uzoqda joylaşgan asboblarning körsatkiçlarini taqqoslaşda olimlar endi Oy va Quyoş taʼsirida gravitatsion potensialning davriy özgarişi soatlarning bir-biriga nisbatan yuriş tezligiga qanday taʼsir qilişini hisobga olişi zarur. Tegişli tuzatişlar kiritilmasa, bu taʼsirlar öta aniq tajribalar ötkaziş, fundamental fizik nazariyalarni tekşiriş hamda yagona vaqt şkalalarini şakllantiriş natijalarini buzişi mumkin.

Bundan taşqari, birlaştirilgan optik soatlar tarmoği Yerni örganiş uçun kuçli vositaga aylanadi. Bunday sezgir tizimlar sayyora böylab suv va muz massalarining qanday qayta taqsimlanayotganini, yerosti suvlari sathi qanday özgarayotganini, tektonik siljişlar qanday sodir bölayotganini va vulqonlar qanday faollaşayotganini real vaqt rejimida kuzatiş imkonini beradi.