25 Iyun

Kecha, 24 iyun kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishida Turkiy dunyo turizm xaritasini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishi ishtirokchilari muzokaralardan so‘ng, Jome majmuasida joylashgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

24 Iyun

Bugun, 24 iyun kuni Qo‘qonda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Bugun, 24 iyun kuni Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan mehmonlar Qo‘qon shahrida tantanali kutib olindi.

Farg‘ona shahrida qalbaki mineral o‘g‘it ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyati fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

23 Iyun

Rishton tumanida kelin qaynonasining qariyb 10 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Vengriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining ilk forumi bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining  ijro varaqasiga asosan qarzdor M.J.dan undiruvchi “Avto alyans biznes” MChJ foydasiga “Tracker” rusumli davlat belgili avtomashinasidan tegishli davlat raqamini qaytarish bo‘yicha majburiy yuklash belgilangan. 

21 Iyun

Farg‘ona tumanida chetdan noqonuniy olib kirilgan tamaki va alkogolli mahsulotlarni sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar qilmoqda.

19 Iyun

Marg‘ilon shahrida mashg‘ulotlarga qatnashmasdan turib ham 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab ustasi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar qilmoqda.

18 Iyun

Shohimardonda sayohat mavsumini ochish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligidagi delegatsiya Qirg‘izistonning Botken viloyati rahbarlari bilan birga Shohimardonni sayohatga ochish jarayonida ishtirok etishdi.

17 Iyun

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan quduqdan ikki nafar fuqaro olib chiqilgan. Ulardan biri vafot etgan. Ikkinchisining hayoti saqlab qolingan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top