Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Vengriyaning Özbekistondagi elçixonasi hamkorligida Özbekiston va Vengriya rektorlarining ilk forumi bölib ötdi.
30 ga yaqin nufuzli oliy ta'lim muassasasi rektorlari iştirokida ötgan mazkur forumda Farğona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori - Bahodirjon Şermuhammadov va Vengriyaning Eötvös Loránd Tudománegetem (ELTE) universiteti professori Imre Xamar örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda yangi hamkorlar ikki mamlakat örtasida qöşma diplomlar beriş imkoniyatiga ega bölgan qöşma ta'lim dasturlarini yaratiş, Vengriya OTM bazasida öqituvçilarning malakasini oşiriş, qöşma ilmiy naşrlar, talabalar va öqituvçilar almaşinuvini yölga qöyiş, şuningdek, Vengriya universitetlari bilan kimyoviy texnologiyalar, energetika, maşinasozlik, sanoat texnologiyalari, biotexnologiya, suğoriş va suv resurslari, qişloq xöjaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika sohalarida hamkorlik örnatiş va rivojlantiriş masalalari ustida muhokamalar olib boradi.
















