Fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.J.dan undiruvçi “Avto alyans biznes” MÇJ foydasiga “Tracker” rusumli davlat belgili avtomaşinasidan tegişli davlat raqamini qaytariş böyiça majburiy yuklaş belgilangan.
Mazkur sud hujjati Byuroning Qöqon şahar bölimi tomonidan iş yurituviga olinib, ijro işi yurituvi qözğatilgan va qaror nusxasi qarzdor M.J.ga topşirilgan edi.
Biroq qarzdor “Tracker” rusumli avtomaşinani ixtiyoriy topşirmasdan qasddan yaşirib qöygan. Şunga köra, Byuroning Farğona viloyat boşqarmasi qidiruv şu'basi xodimlari tomonidan 4 oydan ortiq vaqt mobaynida tezkor qidiruv tadbirlari ötkazib kelingan, biroq transport vositasini topiş imkoni bölmagan.
Joriy yilning 18 iyun kuni kelib tuşgan tezkor xabarga köra, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida xizmatni olib borayotgan yöl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan davlat raqam belgisi örnatilmagan “Tracker” avtomaşinasi töxtatilganligi va közdan keçiriş jarayonida yukxonasidan tegişli davlat raqam belgisi mavjudligi aniqlangan.
Yöl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan fuqaro M.Jalilovga nisbatan transport vositasini davlat raqam belgisisiz boşqarganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilişi bilan birga sud qarori ijrosi ham ta'minlangan.











