Yiğilişda sözga çiqqan Özbekiston boş vaziri örinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov qator takliflarni ilgari surdi.

“Turkiy xalqlar odatiga köra – qarindoşlik aloqalarini uşlab turiş uçun tez-tez mehmon böliş, bir birini yöqlab boriş an'anasi ota-bobolarimizdan qolgan.

Biz, bugun qardoşlik aloqalarini mustahkamlaş va bir-birimizning uyimizda mehmon böliş uçun mavjud savollarga javob topişimiz lozim.

Ruxsatingiz bilan quyidagi takliflarimni bildirib ötsam.

Birinçidan, Kengaşga a'zo va kuzatuvçi davlatlar örtasida transport logistika tizimini rivojlantiriş dolzarb masala va bu umumiy manfaatlarimizga töliq mos keladi.

Buning uçun, şaharlar örtasida muntazam va charter parvozlar taşkil qiliş, turistik poyezd, avtobuslar qatnovini yölga qöyiş va sayyohlarning öz avtomobilida harakatlanişiga imkoniyat yaratişimiz lozim.

Ikkinçidan, davlatlarimiz turizm salohiyatini tarğib qiliş işlariga yangiça yondaşişimiz zarur.

Poytaxt va turizm şaharlardagi aeroport va vokzallarda turizm ma'lumot markazlarini taşkil qilgan holda tarğibot materiallarini 24/7 rejimida joylaştirişni taklif qilaman.

Bundan taşqari, mahalliy telekanallarda turkiy xalqlar va mehmondöstlik töğrisidagi körsatuvlarni doimiy ravişda efirga berib borişimiz kerak.

Özbekiston tomoni “Turizm 365”, “ UzReport” va “Tarix”, “Al-Buxoriy” xalqaro yöldoş telekanalida Siz tomoningizda taqdim etiladigan dasturlarni joylaştirişga tayyorligimizni ma'lum qilamiz.

Uçinçidan, hozirgi kunda dolzarb bölgan masala – madaniy meros obektlarimizni tiklaş, restavratsiya qiliş, qadimiy arxitekturasini yöqotmagan holda saqlab qoliş, raqamlaştiriş, samarali menejmentni joriy qiliş va kelajak avlodga yetkazişdir.

Şu maqsadda, Turkiy kengaş huzurida a'zo davlatlarning mablaği asosida Madaniy meros obektlarini asraş jamğarmasini taşkil qilişni taklif etaman.