Farğona tumanida çetdan noqonuniy olib kirilgan tamaki va alkogolli mahsulotlarni sotgan fuqaro uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Farğona tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida fuqaro Ş.A. xaridor Z.ga aylanma yöllar orqali Özbekiston Respublikasiga olib kirilgan aksiz markasiz 3 000 quti “Milano” nomli tamaki va 4 dona “Kara balta” nomli alkogolli mahsulotlarni jami 3 000 AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravişda işlab çiqariş yoki muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq Marğilon şahrida maşğulotlarga qatnaşmasdan turib ham 15 kun içida haydovçilik guvohnomasini olib bermoqçi bölgan avtomaktab ustasi qölga olingani haqida xabar berilgan edi.












