Koreyada avtomobilsozlik yönalişi böyiça yiliga 3000 nafar işçiga talab bor. Bu haqda kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyuşmasi raisi Kvak Yong Çol örtasidagi uçraşuvda ma’lum qilindi.

Özbekistonning Janubiy Koreyadagi elçixonasida taşkil etilgan mazkur muloqotda uşbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat körsatiş uyuşmalari rahbarlari ham iştirok etdi.

Uçraşuvda mezbonlar ikki davlat örtasidagi döstlik aloqalarini e’tirof etib, mehnat munosabatlari böyiça yölga qöyilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.

Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyuşmasi tarkibida 6800 ta korxona mavjud bölib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar uşbu tarmoqda yana yiliga 3000 nafar işçiga talab borligini aytib, bu böyiça Özbekiston bilan hamkorlik qiliş istagida ekanini ma’lum qildi.

Uçraşuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat körsatiş yönalişida işlaş istagidagi özbekistonliklarni qisqa fursatlarda uşbu yangi loyihaga qamrab olişga kelişib olindi.