27 Dekabr

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan yo‘l avtomobillar harakati uchun ochilgan.

26 Dekabr

“Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Samarqand viloyati Jomboy tumanida MAN yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

24 Dekabr

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tadbirkordan 2 000 AQSh dollari pora olgan xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar bermoqda.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari olib ketayotgan shaxslar ushlangan.

Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda oltita do‘kon yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentning “Samarqand davlat tibbiyot institutida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

23 Dekabr

Samarqand shahrida harakatlanib ketayotgan «Lada» mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

19 dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi «Lazzat» oshxonasida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda 10 kishi jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. FVV portlash haqidagi ilk rasmiy xabarda voqea joyida ikkita propan gaz balloni bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Samarqand viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlangan.

Urgut tumanida mashina olib qochgan shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir etib, qochib ketgan. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top