Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari çegarasida joylaşgan Taxtaqoraça dovonidan ötgan yöl avtomobillar harakati uçun oçilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

2021 yil 26 dekabr kuni M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Taxtaqoraça dovoni qismida tinimsiz qor yoğişi oqibatida yölning yuza qismida muzlamalar hosil bölgani bois, dovon avtomobillar harakati uçun vaqtinça yopilgan edi.

Qayd etilişiça, tegişli taşkilotlar xodimlari tomonidan olib borilgan zaruriy tadbirlar natijasida 27 dekabr kuni ertalab Taxtaqoraça dovoni orqali transport vositalari harakatlanişi uçun ruxsat berilgan.

«Barça haydovçilardan tezlik me’yorini oşirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanişlarini söraymiz», deyiladi xabarda.