Samarqand viloyatining Juma şahrida kotlovan notöğri qazilişi oqibatida quriliş obektiga tutaş bölgan uy qulab tuşdi. Holat yuzasidan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Dastlabki ma’lumotga köra, mazkur obekt viloyatning Past Darğom tumani “Samarqand” MFY Samarqand köçasida joylaşgan noturar joy hisoblanadi. Haqiqatan ham xandaq qaziş jarayonida notöğri yöl tutilgani bois qöşni uyga zarar yetgan.
Vazirlik holatga doir qöşimça ma’lumotlar örganişlardan söng ma’lum qilinişini bildirdi.
Past Darğom tumani hokimligiga köra, voqea natijasida jarohat olganlar yöq. Hozirda holat yuzasidan tegişli tartibda suriştiruv işlari olib borilmoqda.



















