Samarqand viloyati Urgut va Past Darğom tumanlarida IIB boşliqlari özgardi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Içki işlar vazirining tegişli buyruği bilan Ma’ruf Qöziyev Urgut tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça u Past Darğom tumani IIB boşliği lavozimida işlagan.

Şu paytgaça Urgut tumani IIB boşliği lavozimida işlab kelgan Zohid Mamadoliyev Past Darğom tumani IIB boşliği lavozimiga ötkazilgan.

Qayd etilişiça, viloyat IIB boşliği Rahmat Mamatov har ikki tumanda bölib, yangi tayinlangan IIB boşliqlarini şaxsiy tarkibga taniştirgan.