“Taxtaqoraça” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtinça töxtatilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi “Taxtaqoraça” dovonida noqulay ob-havo şaroiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinça töxtatilgan.
Qayd etilişiça, hozirda dovon yölidagi muzlamalarni eritiş uçun qum-tuz aralaşmalari sepilib, zaruriy çoralar körilmoqda.
"Haydovçilardan ehtiyotkor bölişlarini, ob-havo va yöl şaroitini inobatga olib, transport vositasini boşqarişlarini söraymiz", deyiladi xabarda.

















