12 Iyul

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

9 Iyul

O‘zbekistondagi oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish istagini bildirgan 375 nafar sirdaryolik nomzod ariza bilan murojaat etishgan. Bu haqda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan Kun.uz'ga ma'lum qilindi.

Sirdaryo viloyatidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotgan 15 tonna selitra to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

9-10 iyulda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

8 Iyul

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Hilola Egamberdiyeva bu hunar bilan bolaligidan shug‘ullanib keladi. Ushbu hunarni o‘rganishiga maktabda, mehnat darsidan olgan 2 bahosi turtki bo‘lgan. Hozirda bolalar va kattalar uchun kiyimlar, oyoq kiyimlari to‘qiydi.

2021 yil 28-29 iyun kunlari Sirdaryo  viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filiali, Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi, Guliston shahar tibbiyot birlashmasida ichki tekshirish ishlari o‘tkazildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Lisenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ma'lum qilindi.

7 Iyul

2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Sirdaryo viloyati kadastr boshqarmasi tomonidan fuqarolar va fermer xo‘jaliklariga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojat etmaslik holati bo‘yicha jami 299 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

6 Iyul

2021 yil yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida 10 ming 239 nafar bola tug‘ilgan bo‘lib, ularning 5312 nafarini o‘g‘il, 4927 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

2021 yil 4 iyul kuni «Do‘stlik» kanaliga cho‘milish uchun borgan 16 yoshli sportchi yigit ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda Guliston shahar IIO FMBning 4 iyul kuni soat 17:35da bergan tezkor xabarnomasiga asoslanib, viloyat prokuraturasi tomonidan ma'lum qilindi.

5 Iyul

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 6-8 iyul kunlari issiq havo massalarining kirib kelishi tufayli ob-havoning keskin isishi kuzatiladi. Ushbu murakkab vaziyatga tayyor turish maqsadida Sirdaryo viloyatida maxsus boshqaruv shtabi tuzildi. Bu haqda viloyat hokimligi tomonidan ma'lum qilindi.

2 Iyul

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hududidagi «Muhammad Bobur» jome masjidi qurilishi uchun plastik kartaga yig‘ilgan mablag‘ning 73 mln 400 ming so‘mi firibgarlik yo‘li bilan o‘g‘irlandi. Bu haqda masjid imom xatibi Isayev Hidoyatullo Kun.uz'ga ma'lum qildi.

1 Iyul

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida qarzdor ota farzandi uchun 71,7 million so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab bergan. Bu haqda viloyat MIB xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top