Bu mablağlar masjid imom-xatibi Isayev Hidoyatullo nomiga oçilgan plastik kartada bölgan.

2021 yil 29 iyun kuni imomga noma'lum şaxsdan Telegram messenjeri orqali xabar keladi. Unda masjid qurilişi uçun pul ötkazmoqçi ekani, buning uçun karta raqami va telefon raqamiga SMS-xabari orqali kelgan kodni yuborişlarini söraydi.

Masjid imomi bunday qila olmasligini bildirganidan söng, firibgarlar pul ötkaziş uçun pasport nusxasini yuborişini, pulni faqatgina şundan söng ötkaza olişlarini aytib turib oladi.

Ularga işongan Isayev Hidoyatullo pasport nusxasini yuboradi. U şundan söng, 29 iyun kuni keçki vaqtda xayriya mablağlari uçun ajratilgan plastik kartadan avval 70 million söm, birozdan söng 3 million 400 ming sömni söm yeçib olinganini aytmoqda.

Kun.uz suhbatlaşgan soha vakillariga köra, fuqaroning pasport ma'lumotlarini qölga kiritiş orqali uning kartasidagi mablağlarni yeçib oliş imkoniyati juda kam.

Holat yuzasidan hududiy içki işlar bölimiga xabar berilgan.