Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida qarzdor ota farzandi uçun 71,7 million söm aliment pullarini oldindan tölab bergan. Bu haqda viloyat MIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Oqoltin tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro I.D.dan undiruvçi I.N.ga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun daromadining törtdan bir qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan.

MIB xodimlari qarzdor Q.F. bilan tuşuntiriş işlari ötkazib, unga farzandlarni moddiy qöllab-quvvatlaş har bir otaning burçi ekani yotiği bilan tuşuntirilgan.

Bundan öziga töğri xulosa çiqargan qarzdor ota voyaga yetmagan bir nafar farzandi 18 yoşga tölguniga qadar tölanişi lozim bölgan jami 71 million 740 ming söm pul mablağlarini oldindan tölab bergan. Şu sababli qonunning 41-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan mazkur ijro işi tugatilgan.