Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalarini muomalaga kiritayotgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman bölimi, Sirdaryo viloyati DXX hamda bojxona boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. xaridor F.ga 150 dona kuçli ta'sir qiluvçi «Tropikamid» dori vositasini 12 million sömga sotgan vaqtda uşlangan.
Qayd etilişiça, uning körsatmalariga asosan davom ettirilgan tadbirda, M.Q.ga dori vositalarini yetkazib beruvçi şerigi A.X. 600 dona «Tropikamid» dori vositasini 30 million sömga ötkaziş uçun olib kelgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Toşkentdagi tadbirlarda kuçli ta'sir qiluvçi dorilarni noqonuniy sotgan dorixonalar aniqlandi












