Özbekistondagi oliy harbiy ta'lim muassasalariga kiriş istagini bildirgan 375 nafar sirdaryolik nomzod ariza bilan murojaat etişgan. Bu haqda viloyat mudofaa işlari boşqarmasi tomonidan Kun.uz'ga ma'lum qilindi.
Uşbu nomzodlarning salomatligi tegişli tarzda tekşirilib, jismoniy va nazariy imtihonlardan ötkazildi.
Xohlovçilar quyidagi harbiy OTMlarga hujjat topşirişgan:
- Özbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti – 11 nafar;
- Qurolli Kuçlar akademiyasi – 64 nafar;
- Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti – 176 nafar;
- Çirçiq oliy tank qömondonlik muhandisligi bilim yurti – 76 nafar;
- FVV akademiyasi – 48 nafar.
Tuman (şahar) va viloyat tibbiy körigi hamda individual-psixologik sifatlarini örganiş va jismoniy tayyorgarlik sinovlarining viloyat bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan 152 nafar nomzodlar röyxati Davlat imtihonlarini topşiriş uçun oliy harbiy bilim yurtlariga yuborildi.











