Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatida noqonuniy olib ketilayotgan 15 tonna selitra to‘xtatib qolindi
Sirdaryo viloyatidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotgan 15 tonna selitra to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 7 iyul kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari hamda YHHB mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, viloyatdan noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotgan 15 tonna selitra to‘xtatib qolingan.
Sirdaryo-Jizzax yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, fuqaro D.M. boshqaruvida bo‘lgan «ZIL-138A» rusumli yuk mashinasi va uning yarim tirkamasi Yangiyer blok postida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, har birida 150 qopdan, jami 300 qop «Ammiakli selitra» mineral o‘g‘itlari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur 15 tonna mineral o‘g‘itni noqonuniy ravishda viloyat hududidan olib chiqib ketishga harakat qilgani aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Dastlabki surishtiruvda ushbu ammiakli selitra mineral o‘g‘itlari Sirdaryo viloyati hududida yetishtirilayotgan paxta hosilini oziqlantirish uchun ajratilgani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro D.M.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026
Uyqusiz tunlardan $385 000 gacha: MITʼdan 100 foiz grant yutgan sirdaryolik Asilbek Sunnatov
09:34 / 28.03.2026
Sirdaryolik yigit 2 mlrd so‘mlik kibero‘g‘rilikda ushlandi
14:31 / 13.03.2026