Toşkent şahri Yangihayot tumanida texnik inspektor uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Boş prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda sobiq «Toşissiqquvvat» DUK hozirda «Veolia Energy Tashkent» XK MÇJ tuman boşqarmasi texnik inspektori B.J. fuqaro F.ning xonadonida issiq suv iste’moli uçun mavjud bölgan 6,2 million söm qarzdorlikni yöq qilib beriş hamda qarzdorlik mavjud emasligi haqida elektron ma’lumot tayyorlab beriş evaziga 400 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga oğdirib oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.