Mutasaddining ta’kidlaşiça, 10 oktyabrda xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi tomonidan qabul qilingan qaror ortidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Maxsus komissiya qarori ham qabul qilinişi lozim.

“Maxsus komissiya qarori çiqib, kuçga kirgandan söng Toşkent şahridagi Kiçik halqa aylanma yölida avtotransport vositalarining harakatlaniş tezligi 60 km/soat qilib belgilab beriladi. Bundan taşqari önlab markaziy köçalarda esa harakatlaniş tezligi 50 km/soat etib belgilanadi”, – deydi Qahramon Xudoyberganov.

Şu örinda savol tuğiladi: Haydovçilar poytaxt köçalarida harakatlaniş böyiça yangi çeklovlar örnatilganini qanday bilişadi? Ogohlantiruvçi va taqiqlovçi yöl belgilarini örnatiş işlari qaçondan boşlanadi?

Ma’lum bölişiça, bu böyiça Yöl xaritasi işlab çiqilgan bölib, unga asosan yöl belgilari va yöl elementlarini bosqiçma-bosqiç örnatiş işlari boşlangan.

Qahramon Xudoyberganov, Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati boşliği Foto: Kun.uz

Toşkent şahar IIBB YHXB mulozimining aytişiça, yangi çeklovlar kuçga kirişi haqida rasman e’lon qilingunga qadar haydovçilar amaldagi tezlikda harakatlanişlari mumkin, buning uçun harakat iştirokçilari jarimaga tortilmaydi.

“Hozirgi kundagi belgilangan tezliklar amalda. Deputatlar Kengaşining sessiyasida qabul qilingan qarordan söng Maxsus komissiyaning qarori çiqişi lozim. Ana şu qaror çiqqandan söng tezlikni çeklaş kuçga kiradi”, deydi Qahramon Xudoyberganov.

Avvalroq Toşkent şahrining köçalarida avtomobillarning harakatlaniş tezligi soatiga 60 va 50 kilometrgaça çeklangani haqida xabar bergandik.

Unga köra Kiçik halqa avtomobil yölidan markazga yönalgan barça köçalarda transport vositalarining yuqori tezligi soatiga 60 km.gaça çeklanadi.

Şu bilan birga, Alişer Navoiy şohköçasining Labzak köçasi va Şarof Raşidov şohköçasi oraliğidagi qismida, Maxtumquli köçasining Yahyo Ğulomov va Mirzo Uluğbek köçalari oraliğidagi qismida, Amir Temur şohköçasining KHAYdan Alişer Navoiy şohköçasi oraliğidagi qismida, Kiçik halqa avtomobil yölining Qatortol köçasi va Bunyodkor şohköçasi oraliğidagi qismida, Islom Karimov köçasining Anhor böyi köçasi va Şarof Raşidov şohköçasi oraliğidagi qismida, Taras Şevçenko köçasining Islom Karimov va Nukus köçalari oraliğidagi qismida, Bobur va Furqat köçasining Şota Rustaveli va Islom Karimov köçalari oraliğidagi qismida, Amir Temur xiyoboni aylanma yölida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 50 km.gaça çeklanadi.