Toşkent şahrida joylaşgan Ğafur Ğulom madaniyat va istirohat boği 2019 yil mart oyida rekonstruksiya işlari sabab yopilgan edi. Keyinroq 2020 yil iyul oyida Toşkent şahar hokimligi boğni modernizatsiya qiliş işlari 49 yilga “BMP Smart Decision Private Limited” xorij kompaniyasiga topşirilganini ma’lum qilgandi.

Kun.uz Singapurda röyxatdan ötgan bu kompaniya ta’sisçisi Özbekiston fuqarosi Şerzod Halimov ekani, kompaniyaning ustav kapitali 1000 Singapur dollari (720 AQŞ dollari atrofida) ekanini xabar qilgandi.

2021 yil dekabr oyida esa poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Ğafur Ğulom boğidagi rekonstruksiya keçikib ketgani uçun boğ egalarini tanqid qilgan, boğning bu investorga berilişi masalasi qayta körib çiqilişini aytgandi.

Uzoq tanaffusdan keyin 2022 yilning fevral oyida boğ hududini ijaraga olgan BMP Smart Decision Management ta’sisçisi Otabek Mirzajonov boğ şu yilning yozida poytaxtliklar uçun oçilişi haqida ma’lum qilgandi. Ta’sisçi boğga 4 mln AQŞ dollari investitsiya kiritgani, boğ içidagi biror daraxtga daxl qilinmasligi, barça attraksionlar yangilanişini va ularning 90 foizi Özbekistonga olib kelinganini ham qöşimça qilgan edi.

Oradan biroz vaqt ötib, 2022 yilning iyul oyida Senatning yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi a’zolari boğdagi quriliş işlarini örganib, boğ 1 sentabrda oçilişini e’lon qilgandi.

Biroq sönggi ma’lumotlarga köra, boğ oçilişi yana keçikadi. Ta’mirçi kompaniya rahbari Otabek Mirzajonovning aytişiça, boğning oçiliş sanasi hali ma’lum emas.