Hukumat Shayxontohur tumanini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kutilyapti

Foto: Kun.uz
“2022-2023 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi:
- 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
- 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar manzilli ro‘yxati;
- 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanida yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
- 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanida ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash chora-tadbirlari.
Quyidagilar dastur asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ular daromadlari va turmush darajasini oshirish;
- kichik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- sanoat va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’yektlarini hamda ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
- muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash darajasini oshirish;
- ijtimoiy soha obektlari holatini yaxshilash, binolarini ta’mirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?
Jahon | 19:49
-
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
Jamiyat | 18:55
-
Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 18:53
-
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»
O‘zbekiston | 18:52
Mavzuga oid

11:04 / 26.06.2024
Toshkentda gul do‘konida janjal uyushtirgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

08:16 / 20.06.2024
Toshkentda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustunga borib urildi

08:03 / 25.03.2024
Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

22:54 / 23.11.2023