2022 yilning 1 yanvar holatiga Özbekistonda doimiy aholining örtaça yoşi eng katta bölgan tuman va şaharlar orasida Yakkasaroy tumani birinçi örinni egalladi – 36,8 yoş.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, undan keyingi örinlardan doimiy aholining örtaça yoşi 34,6 yoş hamda 34,4 yoş bölgan Mirzo Uluğbek tumani va Mirobod tumani joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan hududlar kesimida quyidagiça körinişga ega:

  • Çipçiq şahri – 34,1 yoş;
  • Yunusobod tumani – 33,4 yoş;
  • Yaşnobod tumani – 33,2 yoş;
  • Çilonzor tumani – 32,8 yoş; 
  • Buxoro şahri – 32,7 yoş;
  • Tomdi tumani – 32,2 yoş;
  • Nurafşon şahri – 32,2 yoş.

2022 yilning 1 yanvar holatiga Özbekistonda doimiy aholining örtaça umr köriş davomiyligi 73,8 yoşni taşkil etdi.