AOKAda Davlat ekologiya qömitasi, «Özgidromet» markazi, boşqa vazirlik va idoralar mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda Toşkent şahrida atmosfera havosi ifloslanişi holati kelib çiqiş sabablari va körilayotgan çoralar haqida ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinişiça, sönggi 100 yil davomida global miqyosda havo harorati kötarilişi 1,2 darajani taşkil qilgan bölib, mintaqada uşbu körsatkiç 2 darajaga oşgan.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida yangi işga tuşirilayotgan har bir obekt böyiça samaradorlik darajasi 99,5 foizdan hamda faoliyat yuritayotgan obektlar böyiça samaradorlik darajasi 95,0 foizdan kam bölmagan çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş majburiyati belgilanmoqda.
Hozirda yangi avtotransport vositalarining faqatgina “Yevro-4” va undan yuqori ekologik toifalarga javob beradigan modellarini import qiliş tartibi joriy etildi.
Ayni paytda avval foydalanişda bölgan transport vositalarini import qilişda ham ularning ekologik ta’sir me’yorlarini belgilaş böyiça milliy standart loyihasi işlab çiqilmoqda.








