8 Fevral

Tuman hokimi Hayot Inog‘omov Minerva City majmuasini qurish uchun ajratilgan 100 gektarlik hudud poytaxt hokimiyati balansiga o‘tganini, quruvchi hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib chiqilganini, bu yerdagi uylar uchun pul to‘lab qo‘yganlarning aksariyatiga pullar qaytarilganini ma’lum qildi. Gazeta.uzʼning xabar berishicha, hokim majmua o‘rnida boshqa turar joy qurilishi rejalashtirilganini aytgan.  

«Toshshahartransxizmat» AJ raisi ishdan olingan. Bir vaqtni o‘zida Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimini ham egallab kelgan Anvar Jo‘rayev jinoyat sodir qilishda gumonlanib, tergovga jalb qilingani aytilmoqda.

7 Fevral

Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Har ikki avtobusga qisman shikast yetgan.

6 Fevral

Prezident bosh vazir Abdulla Aripovga lavozimga loyiqligini hal qilishni topshirgan 8 ta tuman hokimlari qatorida Tapil Mahamadziyayev ham bor edi.

5 Fevral

Toshkent metropolitenidagi eskirgan eskalatorlar bosqichma-bosqich almashtiriladi. Shu munosabat bilan 10 fevraldan 20 martgacha “Xalqlar do‘stligi” metrosining ikkinchi vestbyuli, “Tashkent city” majmuasiga chiqish joyi ishlamaydi. 

4 Fevral

Toshkentda 88 marta jarimaga tushgan Spark haydovchisi jarimalarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun avtomobilidan ayrilishi mumkin.

Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi.

2 Fevral

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Labzak mahallasi 57A-uy oldida belgilanmagan joyga qurilish chiqindilari to‘plangani aniqlandi.

Bektemir tumanidagi «Bekuz kelajak» issiqxonasi olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalangani va filtrlovchi moslamalari nosoz ekani aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan atrof-muhitni ifloslantirganlik bo‘yicha hisob-kitob ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar Yashnobod tumanida majburiy badal uchun to‘langan mablag‘larni o‘zlashtirgan MChJ aniqlandi.

1 Fevral

Poytaxtning 5 ta tumanida Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchalari noqonuniy ulanish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko`proq yangiliklar
Top