Toşkent şahri Bektemir tumanidagi «Bekuz kelajak» issiqxonasi tomonidan atmosferaga zaharli gazlar çiqarilayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, issiqxonaning filtrlovçi moslamalari nosoz ekani aniqlangan. Şuningdek, bu yerda olov yoqişda avtomobil şinalaridan foydalanilgan, ekologik ekspertizadan ötmagan va «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonun talablari buzilgan.

Holat yuzasidan issiqxona mas’ul xodimidan tuşuntirişi xati olingan. Qozonxonani ta’mirlaş, maxsus çang-gaz uşlab qoluvçi filtrlarni yangilaş hamda avtotransport şinalarini yoqmaslik töğrisida ogohlantirilgan.

Vazirlik matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga qöşimça qilişiça, ulardan ifloslantirganlik böyiça kompensatsiya undiriladi. Hozirda holat yuzasidan tegişli çora köriş va atrof-muhitni ifloslantirganligi böyiça hisob kitob işlari olib borilmoqda.