Poytaxt metropoliten xizmatining xabar berişiça, metropoliten faoliyatini takomillaştiriş va xizmat körsatiş sifatini oşiriş maqsadida yerosti metro bekatlarida örnatilgan eskalatorlarning öz xizmat muddatini ötab bölganlarini bosqiçma-bosqiç ravişda yangilariga almaştiriş rejalaştirilgan.
Rejaviy işlarning birinçi bosqiçida “Xalqlar döstligi” metro bekatidagi eskalatorlarni zamonaviy turdagisiga almaştiriş işlari olib boriladi.
Şu munosabat bilan 10 fevral sanasidan boşlab 20 mart sanasiga qadar “Xalqlar döstligi” metro bekatining ikkinçi vestibyuli, “Tashkent city” majmuasiga olib çiquvçi tomon yopiladi.
“Şuningdek, yölovçilar uçun bekatning birinçi vestibyuli, “Xalqlar döstligi” saroyiga olib çiquvçi tomon odatiy rejimda iş faoliyatini olib boradi”, – deyiladi rasmiy izohda.
Metropoliten xizmati keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yölovçilardan uzr söragan.
Ma’lumot uçun, poytaxt metrosining yerosti bekatlaridan 5 tasiga, “Milliy boğ”, “Ğafur Ğulom”, “Özbekiston”, “Yunus Rajabiy” va “Maşinasozlar”ga faqat bitta tomonidan kirib-çiqiş mumkin. Beşala holatda ham ikkinçi vestibyul şu bekatlar foydalanişga topşirilgan vaqtdan buyon yopiq.
Hozirda Toşkent metropoliteni qoşida oçilgan “Toşmetrotrans” MÇJ loyiha instituti tomonidan barça yopiq vestibyullarni işga tuşiriş böyiça loyihalar işlab çiqilib, davlat ekspertizasiga topşirilgan. Ekspertiza xulosasi olinganidan keyin, bosqiçma-bosqiç ta’mirlaş işlari olib borilib, barça yopiq vestibyullar 2024 yilning may oyigaça oçib qöyilişi va’da qilingandi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil 15 dekabr kuni Toşkent yerusti metrosining Quruvçilar dahasidan Sergeligaça bölgan “Turon” va “Qipçoq” metro bekatlarining qurilişi yakunlanib, sinov tariqasida poyezdlarning yölovçilarsiz harakati boşlangandi. Ammo hozirça bu sinovlar qaçon tugaşi ma’lum emas.

















