Toşkent şahri Yaşnobod tumanida kuçli ta’sir qiluvçi dorilar muomalaga kiritilişining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga köra, holat Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yaşnobod tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro Ş.Ç. boşqaruvidagi Spark töxtatilib közdan keçirilganda, uşbu fuqaro heç qanday hujjatsiz jami 518 dona «Regapin» va «Tropikamid» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini ötkaziş maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.