Toşkentda 88 marta jarimaga tuşgan Spark haydovçisi jarimalarini öz vaqtida tölamagani uçun avtomobilidan ayrilişi mumkin. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, byuroning Uçtepa tuman bölimi iş yurituvida Toşkent şahar YHXBBning ma’muriy jarimalari yuzasidan qarzdor Ş.H.dan 88 marta yöl harakati qoidalariga rioya qilmay, buziş oqibatida 40,2 million söm miqdorida ma’muriy jarima qarzdorligini undiriş belgilangan. 

Qarzdorga dastlab berilgan ixtiyoriy muddatda jarima summalarini tölamay kelgan. Oqibatda byuroning tuman bölimi tomonidan  majburiy ijro harakatlariga kirişilib, Toşkent şahar YHXBB bilan hamkorlikda olib borilayotgan reyd davomida harakatdan töxtatilib, jarima maydoniga joylaştirilgan.

Bundan taşqari, 88 marta qoida buzgan qarzdor fuqaroning Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudining 2023 yil 12 iyundagi qaroriga asosan bankdan 52,8 million söm miqdorida qarzdorligi borligi aniqlangan.

Şu sababli Spark bir yöla ikkita qarzdorlikni qoplaş maqsadida auksion savdolariga çiqarilişi, sotuvdan tuşgan pul mablağlari qarzdorliklarga yönaltirilişi belgilandi.